Ijod ortida: Oyjon Xayrullayeva va uning buvisi
"Govkushon" madrasa

Barcha seanslar
22.09.2025 15:00 — 16:00
Ro‘yxatdan o‘tish yopilgan
Oyjon Xayrullayeva buxorolik rivoyat va an’analarni asrab kelgan buvisi bilan samimiy suhbat quradi. Oyjon uchun bu hikoyalar uning ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u tasvirlaydigan har bir unsur shaxsiy hamda madaniy ma’noga ega.
“Buvim o‘tmishdan qolgan retseptlarni giyohlar, duolar, qadimiy marosimlarni asraydi. Uning so‘zlarida tan va ruhga shifo beruvchi unutilgan amaliyotlar yashaydi. Uning ovozidan men o‘tgan zamon Buxorosini eshitaman — pichirlarda, hidlarda, tobora xiralashib borayotgan aks-sadolarda.”