"Oshqozon" Kafesi
"Oshqozon" kafesi

Barcha seanslar
30.09.2025 18:00 — 20:00
01.10.2025 14:00 — 16:00
01.10.2025 18:00 — 20:00
02.10.2025 14:00 — 16:00
02.10.2025 18:00 — 20:00
07.10.2025 14:00 — 16:00
07.10.2025 18:00 — 20:00
08.10.2025 14:00 — 16:00
08.10.2025 18:00 — 20:00
09.10.2025 14:00 — 16:00
09.10.2025 18:00 — 20:00
"Oshqozon" kafesi o‘z nomini o‘zbekcha anatomik "oshqozon" so‘zidan olgan bo‘lib, u "ovqat pishirish uchun idish" degan ma’noni ham anglatadi. Ibn Sinoning jismoniy va ruhiy shifo uchun yozib qoldirgan retseptlaridan ilhomlangan holda, xalqaro va o‘zbek oshpazlari qalblar dardiga darmon bo’luvchi yangi retseptlar yaratib, ularni hikoya qilish san’ati bilan uyg‘unlashtirilgan taomnomalarni ishlab chiqmoqdalar
O‘zbekistonda qadimdan shakllangan mehmondo‘stlik madaniyatiga tayanib — bu yerda ovqat g‘amxo‘rlikning asosiy tili sifatida qaraladi — ushbu kuratorlik asosida yaratilgan restoran ovqat pishirish va taom iste’molini nafaqat huzur-halovat, nafaqat oziqlanish manbai sifatida, balki o’zaro bog‘lanish, mushohada va shifo vositasi sifatida taqdim etadi. Biyennale davomida restoran faol bo‘lib, u yerda Karsten Höllerning “Brutalist Oshxona Manifesti” va “Brutalist Buxoro menyusi” asosida yaratilgan taomlar taklif etiladi. Ushbu jarayon oshpazlar — Koen Dieleman, Bahriddin Chustiy va Pavel Georganovlar o‘rtasidagi retseptlar va g‘oyalar almashinuvi orqali hayotga tatbiq etiladi.
Restoran biyenalle davomida faol bo‘lib, u yerda Karsten Hollerning “Brutalist Oshxona Manifesti” va “Brutalist Buxoro menyusi” asosida yaratilgan taomlar taklif etiladi. Ushbu jarayon oshpazlar — Koen Dieleman, Bahriddin Chustiy va Pavel Georganovlar o‘rtasidagi retseptlar va g‘oyalar almashinuvi orqali hayotga tatbiq etiladi.
Buxoro biyennalesining “Qalblar dardiga darmon” loyihasi hamda Karsten Hollerning “Brutalist Oshxona Manifesti” ovqatni ilm-fan, san’at va hissiyotlar chorrahasi sifatida talqin etadi. Brutalist taomshunoslikning qat’iy qoidasi bor: har bir taom faqat bitta asosiy mahsulotdan tayyorlanadi, unga faqat suv va tuz qo‘shishga ruxsat etiladi. Hollerning manifesti radikal soddalik orqali sezgi idrokini va ruhiy ta’sirni tadqiq etadi hamda Buxoro biyennalesining ovqatni hissiy vosita, hikoya qilish va xotira yaratish manbai sifatida ko‘rish ga chorlaydi
Manifest doirasida o‘zbek milliy taomlari kutilmagan aniqlik bilan qayta talqin qilinib, mehmonlarga “O‘zbekistonni brutalis tarzda tatib ko‘rish” imkoniyati beriladi. O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan oshpazlik an’analari asosida qo‘y go‘shti, pomidor, behi, rayhon, qovoq va boshqa ko‘plab asosiy mahsulotlar yangicha talqin etiladi. Biyennale davomida menyu fasllar almashinuviga mos ravishda yangilanib boradi.
TAOMNOMA
O‘rik sharbati
O‘zbekistondagi asl brutilizm ichimligi
O‘zbek noni va brutalistik surtmalar
Grechka. Jo‘xori. Achitqi: naqshinkor o‘zbek nonlari va iste’mol qilish mumkin bo‘lgan o‘zbek lochirasida dasturxonga tortiladi.
O‘zbekcha brutalist qo‘y go‘shti surtmasi bilan
Eritilgan durda moyi qatiq bilan
Brutalist o‘zbek pamildorili minorasi
Fermentlangan pamildori sharbatidan tayyorlangan qayla, pamildorilar minorasi, pamildori po‘stlog‘i, quritilgan pamildori
Vaguri
Suyakdagi mayin ziravorlangan qo‘y go‘shti — buxorocha tansiq taom
Brutalist lavlagi do‘lmasi (vegetarianlarbop)
Lavlagi barglari, to‘rtburchak shaklida to‘g‘ralgan lavlagi, fermentlangan lavlagi sharbati, lavlagi bo‘laklari, quritilgan lavlagi
Xushxo‘r ta’m
Brutalist qovun onlari
Buxoro biyennalesi uchun “Slavs & Tatars” muallifligidagi qovunlar qurilmasidan tayyorlangan
5x sabzi
Bir stakan fermentlangan sabzi sharbati bilan dasturxonga tortiladi — o‘zbek tansiq taomi
Brutalist uch panja
Go‘sht va dumba yog‘idan uchta sixga qatlam qilib tizilgan kabob
Qovoq-qovoq-qovoq (vegetarianlarbop)
Ichida to‘rtburchak shaklida to‘g‘ralgan turli xil qovoq urug‘lari, ichiga qovoq pyuresi solingan karamellangan qovoqli chipslar.
Brutalist suvlar
Tuxum bilan bezatilgan mahalliy forel va sudak.
5x behi
Qovurilgan behi
Behi murabbosi
Behili sharbat
Behi jele
Behi chipslari
Joylar soni cheklangani sababli qat’iy oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali tashrif buyurish mumkin.
O‘z stolingizni veb-sayt yoki elektron pochta orqali band qilishingiz mumkin: rsvp@bukharabiennial.uz