Yelena Reygades (Meksika)
"Oshqozon" Kafesi

Barcha seanslar
23.09.2025 18:00 — 20:00
24.09.2025 18:00 — 20:00
Barqaror gastronomiya va mintaqaviy an’analariga e’tibori bilan tanilgan, mukofotlarga sazovor bo‘lgan meksikalik oshpaz Yelena Reygadas taomlar orqali tarixni hikoya qiladi: pomidor va qalampir kabi o‘simliklarning Amerikadan Markaziy Osiyoga qadar bo‘lgan uzoq sayohatini tasvirlab, bugun ular o‘zbek oshxonasining ajralmas boyligiga aylanganini ko‘rsatadi. Reygadasning kulinariya taqdimoti taomni nafaqat mazali mahsulot sifatida, balki xotira, bardoshlilik va madaniyatlararo almashinuv timsoli sifatida yoritadi. Taomnoma ana shu muloqotni ifodalaydi: meksikalik to‘ylarda an’anaviy tarzda tayyorlanadigan mole blanco — buxorolik sariq sabzi bilan uyg‘unlashadi; o‘zbek noni — meksikalik talqinda yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi; mahalliy qovunlardan tayyorlangan tetiklantiruvchi aguas frescas esa hududiy guruchdan tayyorlangan horchata bilan uyg'unlashib, ikki xalq oshxonasini bir dasturxonda birlashtiradi.
Ishtirok etish uchun ro'yhatdan o'tish qat'iy talab etiladi, joylar soni cheklangan.
Iltimos, joy band qilish uchun rsvp@bukharabiennial.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting.